O'zbekiston Respublikasi
Ichki Ishlar Vazirligi

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Holat yuzasidan102
Ishonch telefoni1102
Xalqaro hamkorlik
Samarali hamkorlikka munosib hissa
XXRning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Litsze boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasi IIVga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov kutib oldi.
Hamkorlikning yangi qirralari
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi XXR Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Hamkorlikning muhim bosqichi
Hozirgi kunda IIV Akademiyasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida etakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan bu borada tajriba almashish, hamkorlikda ta’lim dasturlari ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish, professor-o’qituvchilar tarkibini malakasini oshirish va stajirovka o’tashini tashkil qilish orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarali hamkorlikning davom etishi
Joriy yilning 27 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar boshqarmasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasida O’zbekistondagi XXR elchixonasi huzuridagi Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili, general Lyu Tunpin bilan ikki tomonlama uchrashuv o’tkazildi.
Xalqaro hamkorlik bo’yicha o’zaro kelishuvlar
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi institutida Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 
Xodimlar xalqaro kurslarda qatnashdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari Pekin politsiya akademiyasida ShHT davlatlari poytaxtlarining huquqni muhofaza qilish organlari uchun tashkil etilgan xalqaro hamkorlik kurslarida qatnashdi.
O’zbekiston – Belarus: huquqni muhofaza qilish idoralari hamkorlikni mustahkamlash yo’lida
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Tergov qo’mitasi delegatsiyasini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov qabul qildi.
Samimiy qutlov
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov qo’shni davlat hamkasblarini Qozog’iston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan samimiy tabrikladi.
Samimiy qutlov
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov Moldova politsiyachilarining kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
O’zbekiston Respublikasi IIV: raqamli texnologiyalar sohasida tadqiqotlar bo’yicha ilk qadamlar
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi (EKBM) boshlig’i, podpolkovnik Nail Galipshin va IIV huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig’i, podpolkovnik Baxtiyor Berdialiev Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Raqamli ekspertizalar milliy markazi Raqamli ekspertizalar divizioni (NDFC) mutaxassislari bilan muzokaralar olib borishdi.
Sayt xaritasi
O'zbekiston Respublikasi
Ichki Ishlar Vazirligi
Ma'lumotlardan foydalanilganda mvd.uz ga havola ko'rsatilishi shart.
© Barcha huquqlar himoyalangan 2015-2018
Yaratuvchi:

IIV ATA va AHB

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing