Sayt haritasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Qozog’istonga keldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 22 mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga keldi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to’g’risida axborot

2017 yil 22 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo’lib o’tdi.  Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo’ldoshev boshqardi. 

Qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati deputatlar diqqat markazida

17 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar ko’plab masalalarni ko’rib chiqdilar. Xususan, sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarilgan va yagona yaxlit hujjat — 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

O’zbekiston Prezidenti Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 mart kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turgan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O’zbekiston va ETTB o’rtasida o’zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi. 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil  12 mart kuni soat 19-30 larda, Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchi, shu tumanda yashagan G’.B.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 11 mart kuni soat 14-00 larda tushgan xabarga ko’ra, shu kuni soat 12-00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida noma’lum haydovchi, «NEKSIYА» rusumli avtomobilini boshqarayotib, piyoda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanida yashovchi Ya.F.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Ya.F. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 9 mart kuni soat 18-30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi Q.J.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Q.J.ga kasalxonada tibbiy yordam ko’rsatilgan.

YoSh UMRINI PANJARA ORTIGA ALMAShTIRDI

Sirdaryo tumanida 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda U.Xodjaev ko’chasida yashovchi, nafaqaxo’r, 1953 yilda tug’ilgan ayolning uyiga bostirib kirib, uni urib, tan jarohati etkazib 230 ming so’m puli, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumi va “Nokiya” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI BOSHQARMASI TANLOV E’LON QILADI

Tanlovda chet el firma va tashkilotlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar (etkazib beruvchilar), shuningdek kichik biznes sub’ektlari ishtirok etishlari mumkin.

Davlat, xususiy hamda boshqa mulkchilik shakli turlicha bo`lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MODDIY-TEXNIKA TA`MINOTI BOSHQARMASI TANLOV E'LON QILADI
Tanlov predmeti:

-Raqamli ATSlar uchun akkumulyatorlar yetkazib berish
-Bosmaxona uchun texnik vositalarni harid qilish
-Fayl-server uchun litsenziyali antivirus dasturiy ta’minoti harid qilish

«Sizdan ugina, bizdan bugina»

U tengilar allaqachon mashinali, uyli-joyli bo’lib ketishdi. Hatto ota-onasiz o’sgan sinfdoshi Mamatboy ham. Navbahorlik Sharof (ismlar o’zgartirildi) shu haqda o’ylab o’tirarkan, miyasiga kelgan fikrdan birdan suyunib ketdi. «Qanday qilib tez boyish mumkin, deya o’ziga savol berdi u. – Albatta, o’zgalarning hisobiga-da!»

Haydovchining loqaydligi egri niyatli kimsalarga qo’l keldi

Nasriddin afandi qo’shnisi bilan suhbatlashib turgan ekan, qo’shni to’satdan ko’zi tushib qolgan tomonga qarab debdi:
– Afandi qarang, mahallada begona odam qo’y etaklab kelyapti.
Afandi beparvolik bilan javob beribdi:
– Menga nima?

Qonuniylik, insonparvarlik printsipi ustuvor

Hayotimizning qonunlar asosida tartibga solinishi jamiyatda adolat barqarorligiga, fuqarolarning huquq va erkinligi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Qonunlarga amal qilmaslik, ularni bilib-bilmay buzish, tabiiyki, javobgarlikka sabab bo’ladi.

Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qayd etilsinki, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta’minlaydigan shoshilinch kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi. 

Faxriylar tinglovchilar huzurida

Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab tashkil etilayotgan turli uchrashuvlarda faol ishtirok etib, yosh xodimlarni ona Vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shmoqdalar.
Ayni kunlarda IIV Akademiyasi o’quv-dala poligonida birinchi bosqichga qabul qilingan tinglovchilar xizmat, jangovar va saf tayyorgarligi bo’yicha saboq olmoqda. Bu jarayonda ularning sohaga oid dastlabki ko’nikmalarni olishlari, kasb sirlarini o’rganishlari, ma’naviyatini oshirishlari hamda dunyoqarashlarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayapti.

Takomillashayotgan sohaviy xizmat

Mustaqillik barcha jabhalarda bo’lgani kabi ichki ishlar idoralari qo’riqlash xizmatida ham tub islohotlar o’tkazish, mazkur xizmatni zamon talabi darajasida shakllantirish va yanada takomillashtirish imkonini berdi. Istiqlol yillarida IIV huzuridagi Respublika «Qo’riqlash» birlashmasi va uning quyi tizimlarida tub o’zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Qo’riqlash xizmati qoloq tizimdan eng zamonaviy texnik vosita va jihozlar bilan ta’minlangan xizmatlardan biriga aylandi. Shu bois, eng ulug’ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko’rilayotgan shu kunlarda «Kim edigu kim bo’ldik?» degan savolga aynan shu soha misolida javob bersak bo’ladi. 

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1323  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.
Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan..

Mutal Burxonov musiqasi

Abdulla Oripov she’ri

Сeрқуёш ҳур ўлкам, элга баxт, нажoт
Сeн ўзинг дўстларга йўлдoш, мeҳрибoн!
Яшнагай тo абад илму фан, ижoд,
Шуҳратинг пoрласин тoки бoр жаҳoн!

Oлтин бу вoдийлар — жoн Ўзбeкистoн,
Аждoдлар мардoна руҳи сeнга ёр!
Улуғ xалқ қудрати жўш урган замoн,
Oламни маҳлиё айлаган диёр!

Бағри кeнг ўзбeкнинг ўчмас иймoни,
Эркин, ёш авлoдлар сeнга зўр қанoт!
Истиқлoл машъали тинчлик пoсбoни,
Xақсeвар, oна юрт, мангу бўл oбoд! 

Oлтин бу вoдийлар — жoн Ўзбeкистoн,
Аждoдлар мардoна руҳи сeнга ёр!
Улуғ xалқ қудрати жўш урган замoн,
Oламни маҳлиё айлаган диёр!

Jarimalar to'lov pullari